1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i O‘zbekistonga topshirildi

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i O‘zbekistonga topshirildi

 

46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i va mash’alasi O‘zbekistonga topshirildi. Bu haqida Sport vazirligi xabar qildi.

 

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan navbatdagi shaxmat Olimpiasi o'z yakuniga yetdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yakunida an’anaga ko’ra navbatdagi shaxmat Olimpiadasi mezboniga estafeta tantanali ravishda topshirildi. Hisob bo‘yicha 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026-yil Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

 

FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrog’i hamda mash’alasini terma jamoamiz yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi.

 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 4 ta medalni qo‘lga kiritdi:

 

Jamoaviy bahslarda:

Bronza medali — erkaklar o‘rtasidagi terma jamoamiz;

 

Yakkalik bahslarida:

Oltin medal — Shamsiddin Vohidov (4-taxta);

Kumush medal — Nodirbek Abdusattorov (1-taxta);

Kumush medal — Nodira Nodirjonova (5-taxta).

 

Qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida 12-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bu tariximizdagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика