1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shaxsiy tomorqa egalari soliq to‘lab, ish stajiga ega bo‘lishi mumkin

Qaror bilan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar bekor qilindi.

Shaxsiy tomorqa egalari soliq to‘lab, ish stajiga ega bo‘lishi mumkin

 

Prezident tomonidan imzolangan qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi.

 

Maʼlum qilinishicha, soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila aʼzolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qatʼi nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

 

Ilgari yer maydonining hajmi 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan bo‘lsa, endilikda yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonundan chiqarib tashlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика