1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shayxontohur tumanida xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Qutqaruv texnikalari hodisa joyiga uch daqiqada yetib borgan bo'lib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Shayxontohur tumanida xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

 

 

16-fevral kuni soat 20:51 da Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Beltepa ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Ma’lum qilinishicha, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:54 da, ya’ni uch daqiqa ichida yetib borgan. Hozirda hodisa joyida yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Mas’ul idora tomonidan vaziyat to‘liq nazoratga olingani bildirildi. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha aniqlashtirish ishlari davom etmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘lishi bilan rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика