1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

SHHT a’zolar soni kengayishi mumkin

Ayni vaqtda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga 8 ta davlat kiradi.

SHHT a’zolar soni kengayishi mumkin

 

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga bir qator boshqa davlatlar, jumladan BAA, Suriya, Qatar va Saudiya Arabistoni ham kirishni istamoqda va a’zo davlatlar soni 18 taga kengayishi kutilmoqda.

 

“10ga yaqin davlatdan SHHTdagi maqomini oshirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish so‘ralgan. Ular orasida arab dunyosi vakillari bor: Suriya, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari. Janubi-Sharqiy Osiyodan Myanma, Kambodja va Nepal shunday istak bilan chiqqan. Qo‘shni davlatlardan – Armaniston va Ozarbayjondan. Biz SHHTga qiziqishning misli ko‘rilmagan ko‘lamini ko‘ryapmiz”, deb tushuntirdi “Izvestiya”ning yuqori martabali manbasi.

 

Bundan tashqari, BAA byurokratik tartibni chetlab o‘tib, darhol uyushma a’zosi maqomini berishni so‘radi.

 

Ayni vaqtda SHHTga 8 ta davlat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo sanaladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика