1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

SHHT bosh kotibi Samarqand sammiti ahamiyati haqida gapirdi

Shuningdek, u O‘zbekiston sammit kun tartibiga qator muhim masalalarni olib kirganini aytdi.

SHHT bosh kotibi Samarqand sammiti ahamiyati haqida gapirdi

 

SHHT davlat rahbarlarining Samarqand sammiti mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan konsensusga erishishga yordam beradi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min “TASS” agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

“SHHT davlat rahbarlari sammiti o‘zaro fikr almashish uchun yaxshi platforma bo‘ladi va davlat rahbarlarining mintaqa va dunyodagi vaziyat masalalari bo‘yicha konsensusga erishishiga, SHHTning kelgusi rivoji, tashkilot doirasidagi hamkorlikning rivojlanishiga yordam beradi”, – degan u.

 

Chjan Min O‘zbekiston Samarqand sammiti kun tartibiga siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport va kommunikatsiya, gumanitar hamkorlik hamda boshqa sohalarda yangi takliflar kiritganini qayd etgan. Hozirda barcha tomonlar bu masalalar yuzasidan faol maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.

 

Avvalroq Toshkentda SHHT davlatlari mudofaa vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика