Tibbiyot fanlari doktori, rossiyalik amaliyotchi shifokor Antor Yershov koronavirus evalyutsiyasining final bosqichi qanday bo‘lishini bashorat qildi. Ekspertning fikricha, hozir insoniyat uchinchi bosqichda turibdi, keyingi bosqich yaqinlashmoqda.
Dastlab koronavirus og‘ir penvmoniya ko‘rinishida tarqaldi. Keyinchalik ichak infeksiyasi vujudga keldi. Uchinchi to‘lqin GRIPPga aylandi. Shifokorning fikricha, to‘rtinchi to‘lqin surunkali charchoq sindromi bo‘ladi.
"Hozirdanoq “Omicron”dan tuzalganlar ikkinchi marta kasallikni uncha sezmaydi. Ular o‘zlarini faqatgina holsiz sezadi. Ko‘pchilik buni koronavirusning keyingi sindrom deb baholaydi, ammo bu “Omicron” bilan takroriy zararlanishdir", - degan u.
Doktor hozir ko‘pchilik virusdan keyingi sindromga qarshi kurashayotganini taʼkidlab o‘tdi.
"Biz qiynalib uyg‘onamiz, tez charchab qolamiz. Ayrimlar beldagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Bu intoksikatsiya sindromi natijasida bo‘g‘imlarning og‘rishidan. Qo‘rquv fonida qalqonsimon bez ham ishdan chiqadi", - deb xulosa qilgan shifokor.
Virusologlar koronavirusning keyingi ko‘rinishi yuqumliligi bo‘yicha “Omicron”ni ortda qolishi, ammo yengil o‘tishini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xabar qilganimizdek, “omicron” shtammi bolalarga ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkin. Mutaxassislar bu shtammni koronavirusning boshqa variantlaridan qanday farqlash mumkinligini aytdi.
Sharofat Mahmudova


