1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Shifokor-talabalar ishlashi mumkinmi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Shifokor-talabalar ishlashi mumkinmi?

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda respublikaning barcha hududlarida mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.

2022/2023-o‘quv yilida:
 

  • barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga (keyingi o‘rinlarda — talabalar) mehnat shartnomasi asosida to‘liq stavkagacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarida mavjud shifokor vakant o‘rinlarida;
     

  • barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs talabalariga o‘z yo‘nalishidagi mutaxassislik bo‘yicha mavjud vakant o‘rinlarda mehnat shartnomasi asosida to‘liq stavkagacha faoliyat ko‘rsatishlariga ruxsat berish to‘g‘risidagi takliflari maʼqullansin.

Belgilab qo‘yilsinki:

  • «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismi masofaviy shaklda o‘zlashtiriladi;
     

  • tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining masʼul professor-o‘qituvchilari ustoz-shogird tizimi asosida talabalar, magistr va klinik ordinatorlarga biriktiriladi;
     

  • talabalar, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifatiga ularga biriktirilgan tibbiyot muassasalarining shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari bevosita masʼul etib belgilanadi;
     

  • talabalarga biriktirilgan shifokorlar har ish kuni yakuni bo‘yicha talabalar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan tibbiy yordam yuzasidan muhokama o‘tkazadi va ularga tegishli tavsiyalar berib boradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика