Google dasturchilari Google Lens xizmatini shifokorlar husnixatini tushunishga o‘rgatdi.
Kompaniya bu loyihani amalga oshirish uchun butun dunyo farmatsevtlari bilan hamkorlik qilgan. Yangilik Hindistondagi dasturchilar konferensiyasida namoyish qilindi.
Kompaniya vakillari shifokorlarning tushunarsiz yozuvi bir necha o‘n yilliklardan beri odamlarni o‘ylantirib kelishini taʼkidlagan.
“Shifokorlar tili”dan tarjima qilish uchun telefon kamerasini ishga solish yoki dasturga retsept suratini yuklash kerak bo‘ladi. Ayni paytda bu funksiya faqat hind tili uchun mavjud. Tez orada boshqa tillar ham faollashtiriladi.


