1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shifokorni urmang: jazo kuchaytirilmoqda

Tibbiyot xodimining kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Shifokorni urmang: jazo kuchaytirilmoqda

 

Ayni daqiqalarda Senatning yalpi majlisi o‘tkazilmoqda. Unda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir o‘tkazganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

 

Bunda ushbu noqonuniy faoliyatni amalga oshirgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish jazosi kiritilmoqda.

 

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1977-moddasida tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir o‘tkazganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish belgilanmoqda.

 

Bundan tashqari, ushbu Kodeksning 305-moddasiga muvofiq mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish muddati uch sutkani tashkil etishi qayd etilmoqda.

 

"Mazkur Qonun tibbiyot xodimlari bilan muntazam muloqotlarning amaliy natijalaridan biri deyish mumkin.

Maqsad, tibbiyot xodimlari – hurmatli shifokorlarimizni yana-da qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatiga nisbatan turli nomaʼqul xatti-harakatlarning oldini olishdir.

Ishonamizki, belgilanayotgan normalarning mazmun-mohiyatini aholimiz ham, tibbiyot xodimlari ham to‘g‘ri anglab, o‘zaro munosabatlarda qonun ustuvor bo‘ladi", — dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика