1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shifoxonada kaltaklangan hamshira fohishalikda ayblandi

“Bir kunda bir nechta erkakni qabul qiladi”, — deydi ayolning qo‘shnilari.

Shifoxonada kaltaklangan hamshira fohishalikda ayblandi

 

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi oldida kaltaklangani haqida xabar qilingandi. 

 

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan yana bir videoga ko‘ra, qizi oldida kaltaklangan D.I.ning qo‘shnilari hamshirani fohishalikda ayblagan. Ular bir necha marta ayolning uyiga begona erkaklar kirib ketayotganiga guvoh bo‘lgan.

 

“Bu holat birinchisi ham, oxirgisi ham emas, buni ko‘chirish kerak. Avvalgi uylaridan ham aynan shu holatda quvilgan ayol bu. Xulqi buzuq, fohisha, bitta emas, bir nechta erkakni bir kunda qabul qiladi. Majburligimdan eshik oldiga kamera qo‘ydirganman. Mayli o‘ynashlari tuzuk kelib ketsa ham, yarim kechasi soat uchda eshigimni jiringlatadi. Shuning uchun, kamera qo‘ydirganman”, — deydi ayolning qo‘shnisi.

 

Holatga oydinlik kiritish maqsadida IIO xodimlari D.I.ni prokuratura bo‘limiga olib ketish uchun uyiga borganda, hamshiraning uyida haqiqatdan ham begona erkak borligi aniqlangan. Shu bilan birga, ayol organ xodimlarining harakatiga keskin qarshilik ko‘rsatgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика