Shimoliy Afrikadagi xonadonlar un, turli yormalar va boshqa mahsulotlarning zaxirasini shakllantirishni boshladi. Bunga Ukrainadagi urush sabab bo‘lmoqda, deb yozadi BBC.
Rossiya va Ukraina ushbu mintaqaga g‘alla eksport qilish bo‘yicha asosiy o‘rinni egallaydi. Xususan, Tunis, Marokash va Liviya yuqoridagi ikki davlatdan katta miqdorda bug‘doy import qiladi.
Ayrim ekspertlar Rossiya-Ukraina urushi Shimoliy Afrikada ochlik va g‘alayonlarga sabab bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Chunki arab davlatlarida so‘nggi o‘n yillikda yuz bergan tartibsizliklar narx-navoning oshishi ortidan sodir bo‘lgan.
Avvalroq Donald Tramp Ukraina inqirozi uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishi mumkinligindan ogohlantirgandi.


