1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya AQSHga tahdid qildi

Shuningdek, Pxenyan Ukraindagi urushda NATOni ayblamoqda.

Shimoliy Koreya AQSHga tahdid qildi

 

Agar AQSH Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qurol savdosi haqida maʼlumot tarqatishda davom etsa, “noxush oqibatlarga” duch kelishi mumkin. Bu haqda KXDR TIV rahbari Kvon Chon  Gin bayonotida aytib o‘tdi.

 

“Bu safar AQSH yana bir bor asossiz “qurol savdosi istiqboli”ni ilgari surdi. Qo‘shma Shtatlar bemaʼni gaplarni tarqatishda davom etsa, ular haqiqatan ham yaxshi bo‘lmagan oqibatlarga duch kelishini yodda tutishi kerak”, — dedi Chon Gin.

 

U Pxenyanda bunday harakatlar KXDRning jahondagi obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan provokatsion urinish sifatida baholanishini aytdi.

 

“Rossiyaning qonuniy manfaatlarini buzgan Ukraina hududidagi urushda NATO aybdor”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qo‘mitasiga Pxenyan tomonidan Ukrainadagi urushda foydalanayotgan Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga qurol yetkazib berilgani haqidagi dalillarni taqdim etgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика