1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya armiyadagi bo‘linmalar sonini oshirdi

Qurolli kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalar ham o‘zgargani aytilmoqda.

Shimoliy Koreya armiyadagi bo‘linmalar sonini oshirdi

 

KXDR rahbariyati ko‘plab harbiy qismlarni qaytadan tuzdi va ularning sonini oshirdi. Koreya markaziy telegraf agentligiga ko‘ra, ularning oldiga ko‘plab yangi harbiy vazifalar qo‘yilgan

 

Qayd etilishicha, harbiy bo‘linmalarning strategik va taktik vazifalari o‘zgartirilgan. Bunda "yangi vaziyat va holat"lar inobatga olingani aytilmoqda.

 

Shuningdek, harbiy bayroqlar dizayni ham o‘zgartirilgan. Janubiy Koreyaning Yonhap agentligiga ko‘ra, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan paradda "Xvason-17" va “2022.11” yozuvli bayroqlar ko‘zga tashlangan. Bu o‘tgan yili noyabrida ballistik raketalar bilan amaliyotlarga javob beradigan yangi bo‘linma tuzilganini anglatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика