1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya iqlim o‘zgarishi tufayli ocharchilik yoqasiga kelib qoldi

Shimoliy Koreya rahbari  Kim Chen In qishloq xo‘jaligi ekinlarini yo‘q qilgan suv toshqinlari va qurg‘oqchilikdan keyin iqlim o‘zgarishiga qarshi “shoshilinch choralar” ko‘rishga chaqirdi. Siyosatchi  davlat amaldorlariga Siyosiy Byuro yig‘ilishida "g‘ayritabiiy iqlim" oqibatlariga qarshi kurashishni buyurdi. Shuningdek,  so‘nggi yillarda global isish xavfi kuchayganini taʼkidladi.

Shimoliy Koreya iqlim o‘zgarishi tufayli ocharchilik yoqasiga kelib qoldi

 

So‘nggi yillarda Shimoliy Koreya kuchli suv toshqinlari ostida qoldi. Hozirda qishloq xo‘jaligi sohasi o‘ta zaiflashib, mamlakat ocharchlik yoqasiga kelib qoldi. Pandemiya davrida iqtisodiyotning bu sektorida ahvol yana-da og‘irlashgan

 

Shimoliy Koreya davlat telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, avgustda mamlakatning shimoli-sharqiy hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.  Oqibatida 1 ming 170 ta uy vayron bo‘lgan yoki suv ostida qolgan. 5000 kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

 

Siyosiy Byuro yig‘ilishida  Kim amaldorlardan o‘zgarayotgan iqlim sharoitida yer resurslaridan samarali foydalanishga eʼtibor qaratishni so‘ragan.

 

U mansabdorlarni daryolarni yaxshilash, eroziyaga qarshi o‘rmonlarni tiklash, to‘g‘onlarni saqlash va qirg‘oqlar qurish loyihalarini talab qiladigan "ulkan reja” ishlab chiqishga chaqirgan. Shuningdek, toshqinlarni boshqarishning barqaror infratuzilmasini yaratishga buyruq bergan.

 

Shimoliy Koreya hududi asosan tog‘lardan iborat. Shu sababli qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar nisbatan kam. Ko‘p fermerlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi yo‘q.

 

Yuqoridagi omillar tufayli bugungi kunda Shimoliy Koreya aholisining uchdan bir qismi yordamga muhtoj.

 

 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика