1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya razvedka sunʼiy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda-OAV

Bu taxminan 9 sentyabrda amalga oshirilishi mumkin.

Shimoliy Koreya razvedka sunʼiy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda-OAV

 

Shimoliy Koreya avgust oxiri yoki sentyabr oyi boshida harbiy razvedka sunʼiy yo‘ldoshini uchirishga yana urinib ko‘rishi mumkin, deb xabar berdi Yonhap agentligi.

 

Agar oxirgi marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan harbiy razvedka sunʼiy yo‘ldoshidagi nuqsonlarni tuzatish muammosiz o‘tsa, ehtimol u avgust oyi oxiri yoki 9 sentyabrda Shimoliy Koreya tuzumi tashkil topganining 75 yilligini nishonlash muhitini yaratish uchun ishga tushiriladi, deyiladi xabarda.

 

Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, KXDR harbiy sunʼiy yo‘ldoshni uchirish bo‘yicha, ayniqsa, raketa dvigatelining ishlashini yaxshilash bo‘yicha tajribalarni davom ettirmoqda.

 

Bundan tashqari, KXDR yaqinda qitʼalararo ballistik raketani uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика