1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 million snaryad yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Pxenyan Rossiyaga qo‘shimcha 30 ming harbiy yuborishi mumkin.

Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 million snaryad yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Janubiy Koreya harbiy razvedka agentligi (DIA) hisobotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya (KXDR) Rossiyaga Ukrainadagi urush davomida taxminan 28 mingta konteynerda qurol-yarog‘ va artilleriya snaryadlari jo‘natgan.

 

"Agar bu hajm 152 mm o‘lchamdagi snaryadlar bilan hisoblanganda, yetkazilgan snaryadlar soni 12 milliondan oshadi", — deyiladi hisobotda.

 

Ukraina harbiy razvedkasi (GUR) rahbari Kirill Budanovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiya armiyasidagi yirik kalibrli snaryadlarning yarmi Shimoliy Koreya ishlab chiqarishiga mansub.

 

Moskva Shimoliy Koreyadan o‘q-dori sotib olganini rasmiy ravishda tan olmagan, biroq urush boshida kuzatilgan “snaryadlar tanqisligi” haqidagi shikoyatlar hozirda deyarli yo‘qolgan.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Rossiya va Shimoliy Koreya o‘zaro harbiy yordamni ko‘zda tutuvchi shartnoma imzolagan. Bundan tashqari, Janubiy Koreya va Ukraina maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyanning yaqin oylarda Rossiyaning Ukraina hujumlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25–30 mingga yaqin harbiy xizmatchi yuborishi ham mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика