1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib bermasligini ma'lum qildi

Shu bilan birga, Pxenyan Rossiyani harbiy operatsiyada qo'llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib bermasligini ma'lum qildi

 

Shimoliy Koreya Rossiyaga hech qachon qurol yetkazib bermagani va buni amalga oshirish rejasi ham yo‘qligini aytdi. Bu haqda  Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.

 

“Biz Rossiya bilan hech qachon qurol-yarog‘ bo‘yicha kelishuvlarga erishmaganimizni va kelajakda bunday rejalarimiz yo‘qligini yana bir bor aniq aytamiz”, — deyiladi bayonotda.

 

Ma'lumki, KXDR Rossiyani Ukrainadagi keng ko'lamli urushda qo'llab-quvvatlaydi: u LDXRdagi ayirmachilar yuridik shaxsligini va Ukraina hududlarini anneksiya qilishni tan oldi, shuningdek, Rossiya agressiyasini qoralovchi rezolyutsiyalarga qarshi ovoz berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, "The New York Times" AQSh razvedkasining maxfiy ma’lumotlariga tayanib, Rossiya Shimoliy Koreyadan millionlab snaryad va raketalarni sotib olayotgani haqida xabar bergan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика