Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi, deb xabar berdi Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo’mitasi.
“Harbiy kuchlarimiz 18-fevral kuni Shimoliy Koreya tomonidan Pxenyandagi Sunan hududidan uzoq masofali ballistik raketa uchirilganini aniqladi ", — deyiladi xabarda.
Yaponiya dengiz xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, raketa allaqachon qulab tushgan. Halokat joyi hozircha aniqlanmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, u AQSh hududiga yetib borishga qodir.
Bungacha agentlik mamlakat Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga tayanib, raketa Osima orolidan 200 km gʻarbga — Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi ichiga qulashi mumkinligini taʼkidlagan.
Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, ballistik raketa 66 daqiqa davomida havoda bo‘lgan. U taxminan 900 kilometr masofani bosib o'tdi va maksimal parvoz balandligi 5,7 ming kilometrni tashkil etdi.
Raketa sinovi munosabati bilan Yaponiya hukumati Pekinda diplomatik kanallar orqali KXDRga keskin norozilik bildirdi.


