1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya yana raketa uchirdi

Xabarlarda aytilishicha, raketalar yetib borgan joy ma’lum emas.

Shimoliy Koreya yana raketa uchirdi

 

KXDR chorshanbaga o‘tar kechasi Yapon dengizi tomonga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya Qirg‘oq xizmati ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, raketalar yetib borgan joy ma’lum emas.

 

Mamlakat jamoat televideniyesi Mudofaa vazirligiga tayanib, “raketalar Yaponiya iqtisodiy hududidan tashqariga tushgan”ini aytgan. Hukumat muayyan axborotni to‘plash va tahlil qilishni boshlab yubordi, deyiladi xabarda.

 

Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Masuno Shimoliy Koreyaga keskin norozilik bildirilganini ma’lum qildi. “Norozilik Pxenyanga Pekindagi elchixonamiz vositachiligida yetkazildi”, - dedi u.

 

KXDR yil boshidan beri 20 marta raketa uchirgani taxmin qilinyapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика