KXDR radioaktiv sunami keltirib chiqaradigan suvosti qurilmasini sinovdan o‘tkazganini eʼlon qildi. Bu haqda hukumatga tegishli “Koreya ovozi” radiosi xabar berdi.
“Bu maxfiy qurol suvosti hujumlariga mo‘ljallangan yadroviy uchuvchisiz kater hisoblanadi. Uning vazifasi — suv ostida bildirmasdan suzib borib, o‘ta kuchli radioaktiv sunamini keltirib chiqarishdan iborat”, — deyiladi radio xabarida.
Qurilma 21 mart kuni sinovdan o‘tkazilgan va 59 soat davomida 80-150 metr chuqurlikda harakatda bo‘lgan. Belgilangan marraga yetib borib, u sinov tariqasida qo‘yilgan kallakni portlatgan.


