1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketalar uchirdi

Raketalar Yaponiya eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketalar uchirdi

 

Shimoliy Koreya 27-yanvar kuni Yapon dengizi (Sharqiy dengiz) tomon bir nechta, ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda A News agentligi Yaponiya hukumati manbalariga tayanib xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, uchirilgan snaryadlar Yaponiya eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida dengizga qulagan.

 

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati raketalar allaqachon suvga tushib bo‘lganini tasdiqladi. Shundan so‘ng Yaponiya bosh vaziri idorasi tegishli tuzilmalarga vaziyatni zudlik bilan tahlil qilish, jamoatchilikni tezkor xabardor etish hamda havo va dengiz transporti xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Koreya yarimorolining janubida ham holat diqqat bilan kuzatilmoqda. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirilganini rasman tasdiqladi. Yonhap News xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya harbiylari Sharqiy dengiz tomonga kamida bitta noma’lum snaryad uchirilganini aniqlagan.

 

Bu Pxenyan tomonidan joriy oy ichida amalga oshirilgan ikkinchi raketa sinovi hisoblanadi. Avvalroq, 4-yanvar kuni ham Shimoliy Koreya ballistik raketalar uchirgan edi. O‘shanda bu voqea Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonning Xitoyga rejalashtirilgan tashrifi arafasida yuz bergan va mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика