1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya Yaponiyani urushga tayyorlanayotganlikda aybladi

KXDR Markaziy axborot agentligi ma'lum qildi.

Shimoliy Koreya Yaponiyani urushga tayyorlanayotganlikda aybladi

 

Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarini modernizatsiya qilish agressiv urushga va Koreya yarim oroliga yangi bosqinga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan, deyiladi KXDR Markaziy axborot agentligi izohida.

 

Oktabr oyi boshida Yaponiya mudofaa vaziri AQShga tashrifi chog‘ida Tokio o‘z-o‘zini mudofaa qo‘shinlarini Amerikaning “Tomagavk” raketalari bilan jihozlashni bir yilga tezlashtirishi va ularni 2026-yilda emas, balki 2025-yilda foydalanishga topshirishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

 

“Harbiy xarajatlar har yili rekord o‘rnatadi, o‘zimizni tajovuzkor zamonaviy harbiy texnika, jumladan, aviatashuvchi va eng so‘nggi yashirin qiruvchi samolyotlar bilan qurollantirish, koinot, kiberkosmos, elektromagnit to‘lqinlar sohalarida harbiy tezkor tayyorgarlikni yakunlash – bularning barchasi tajovuzkor urushga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan”, — deyiladi agentlik bayonotida.

 

Xabarlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashqlar to‘g‘risidagi kelishuv Koreya yarim oroliga "ikkinchi bosqinni mashq qilish"ga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика