1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shimoliy Makedoniya 5 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Hukumatning bunday qarorga kelish sababi ochiqlanmagan.

Shimoliy Makedoniya 5 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

 

Shimoliy Makedoniya besh nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilmoqda. Bu haqda mahalliy MIA axborot agentligi xabar berdi.

 

Rossiyaning Skopedagi elchisi Sergey Bazdnikin Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. U yerda unga Rossiya elchixonasining besh nafar xodimi mamlakatda bo‘lmasligi kerakligi haqida aytilgan.

 

Bolqon yarimorolidagi davlat organlarining bunday qarorga kelish sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.

 

Avvalroq Bolgariya Rossiyaning Sofiyadagi elchisi Eleonora Mitrofanovaning bayonotlaridan so‘ng Rossiyadan elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib olishga qaror qilgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика