1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Makedoniyada konsert vaqtida yong'in yuz berdi

Fojia oqibatida 50 kishi halok bo'lgan.

Shimoliy Makedoniyada konsert vaqtida yong'in yuz berdi

 

Shimoliy Makedoniyaning Koçani shahrida bo‘lib o‘tgan konsertda yong‘in chiqishi natijasida kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy “Vecher” nashrining xabar berishicha, fojia tungi klubda sodir bo‘lgan va yong‘in pirotexnika vositalari sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konsert o‘tkazilgan klubning egasi qo‘lga olingan. Shuningdek, Shimoliy Makedoniya Ichki ishlar vazirligi tadbir tashkilotchilarini so‘roqqa chaqirgan.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in tez tarqalgan va ko‘pchilik zaldan chiqishga ulgurmagan. Hozirda rasmiylar hodisaning aniq sabablari va jabrlanganlar sonini aniqlash ustida ish olib bormoqda. Yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar jarohatlangan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

 

Rasmiylar voqea joyida tergov harakatlarini olib borayotgan bo‘lib, fojia yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика