1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shirkatlar tomonidan 1 milliard 809 million so‘m talon-taroj qilingani aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, vazirlik huzuridagi ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi o‘tkazgan tekshiruv natijasida bir  qator qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Shirkatlar tomonidan 1 milliard 809 million so‘m talon-taroj qilingani aniqlandi

 

 

Jumladan, mulkdorlardan yig‘ilgan majburiy badal pullari maqsadsiz ishlatilgani bo‘yicha 49 ta holatda jami 1 milliard 809,5 million so‘m mablag‘ talon-taroj qilingan. Bu holat  bo‘yicha Toshkent viloyati  (950,1 million so‘m )  “yetakchi”lik qilmoqda.

 

Shuningdek, viloyatlar kesimida  Navoiy viloyatida 5 ta holat bo‘yicha 449,4 million so‘m, Farg‘ona viloyatida 4 ta holat bo‘yicha 300,1 million, Qashqadaryo viloyatida 3 ta holat bo‘yicha 67,9 million, Buxoro viloyatida 10 ta holat bo‘yicha 42,1 million so‘m maqsadsiz ishlatilgan.

 

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan.

 

Avvalroq Toshkentda 400 million so‘mdan ortiq pulni talon-taroj qilgan shirkat rahbari qo‘lga tushgani,  Sergelida 325 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan bank kassiri va bosh mutaxassisga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика