1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shohruxxonning o‘g‘li hibsga olindi

Shohruxxonning o‘g‘li Aryan Xon NDPS  qonuni bo‘yicha hibsga olingan.

Shohruxxonning o‘g‘li hibsga olindi

“Day.Az” Rossiya matbuotiga tayanib xabar berishicha, Bollivud super yulduzi Shohrux Xonning o‘g‘li 23 yashar Aryan Xon narkotik moddalar isteʼmol qilishi maʼlum bo‘lgan. Aryan Xon 2  oktyabr kuni Mumbay-Goa yo‘nalishi bo‘ylab Cordelia Cruises kemasida sayohat qilayotganda Narkotik moddalarni nazorat qilish byurosi tomonidan hibsga olingan.

Maʼlum bo‘lishicha, 2 oktyabr kuni Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi (NCB) Mumbay sohillari yaqinidagi Cordelia Cruises kemasida reyd uyushtirgan.  Aryan Xonni  tintuv qilish jarayonida uning yonidan   ekstazi, kokain, mefedron va charas kabi narkotik moddalar topilgan.

Hozirda Aryan bir vaqtning o‘zida «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonunning bir nechta moddalari bilan, jumladan, giyohvand moddalarni isteʼmol qilish, ishlab chiqarish, saqlash va sotib olishda ayblanmoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, u va yana ikki kishi - Arbaz Seth Merchant va Munmun Dxema ham so‘roq qilingan. So‘ng JJ shifoxonasida  tibbiy ko‘rikdan  o‘tkazilgan.  Tibbiy xulosalar yigit qonida  narkotik modda borligini tasdiqlagan. Shundan so‘ng "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi qonunning 27 -moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilib, NDPS  qonuniga asosan hibsga olingan. Wion News xabariga ko‘ra, Aryan Xonni himoya qilish uchun o‘sha kuni Mumbayga advokat Satish Maneshinde  ham yetib kelgan.

-“Mumbaydagi olib borilayotgan ishlar davom etadi. Agar maʼlumotlarga qaralsa, mazkur yilda 300 dan ortiq reyd o‘tkazilishi kerak. Bu chet el fuqarolari, kinosanoat vakillari yoki badavlat kishilar bo‘lishidan qatʼi nazar davom etadi», —  deydi Mumbay Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi (NCB) direktori Samir Vanxedan.

Avvalroq Hindistonda Afg‘onistondan kirib kelgan 3 tonnaga yaqin geroin aniqlangani  haqida xabar bergan edik.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика