Putin bilan bevosita muloqotdan voz kechmaslik kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Sholts maʼlum qildi.
“Qanchalik qiyin bo‘lmasin, inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot muhim. Men bizning pozitsiyamiz Rossiya prezidentiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetib borishi tarafdoriman. Mening aniq gapim shundan iboratki, Ukrainaga nisbatan (Rossiyaning) strategiyasi ishlamaydi”, – degan kansler.
Shu bilan birga Sholts Ukraina mojarosi yakunlanmaguncha va manfaatli tinchlik shartnomasi imzolanmaguncha Moskva bilan munosabatlarni normallashtirmasligini aytgan.
Avvalroq Germaniya kansleri Ukrainaga nemis armiyasida yo‘q qurollarni berayotganini aytgandi.


