1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Shomurodov va Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Bashakshehir” “Gaziantep”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston MTJ futbolchilari Turkiya Superligasida to‘liq o‘ynab, umumiy 4 ta golda ishtirok etishdi.

Shomurodov va Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Bashakshehir” “Gaziantep”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

 

 

Turkiya Superligasining 17-turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

 

Uchrashuvning 21-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi, 29-daqiqada esa Abbosbek Fayzullayev aniq zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Shomurodov yana bir bor assist muallifiga aylanib, jamoasining yirik g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

 

Mazkur g‘alaba “Bashakshehir”ga turnir jadvalida muhim ochkolar olib keldi. Jamoa 23 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Gaziantep” ham 23 ochkoga ega bo‘lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 9-pog‘onada qoldi.

 

Shuningdek, Eldor Shomurodov ushbu gol orqali Superliga to‘purarlar poygasida 12 ta gol bilan yetakchilikni qo‘lga oldi. O‘zbekistonlik futbolchilarning bunday barqaror va samarali o‘yini muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика