Amnistiya 16-18 asrlarda jodugarlik uchun qatl etilgan to‘rt ming ayolga nisbatan qo‘llaniladi. Bu haqida Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sturjyon partiyasidan deputat Natali Don Facebook‘da maʼlum qilgan.
“Bu ayollarning ko‘pchiligi og‘ir sharoitlarda qatl etilgan. Afsuski zamonaviy jamiyatda ham hali hanuz ularni jinoyatchi deb bilishadi. Bu adolatsizlikni tuzatish zarur. O‘shanda jabr ko‘rganlarni amnistiya qilish lozim”, - deb yozadi u ijtimoiy tarmoqda.
Shuningdek, Natali Donning yozishicha, uzoq o‘tmishda jodugarlarning jinoyatchi deb ayblanishi zamonaviy jamiyatda ilgari surilayotgan Gender tengligiga putur yetkazadi. Bu tarixiy xatoning tuzatilishi esa Shotlandiya jamiyatida patriarxal qarashlarda o‘zgarish yuz berishiga yordam beradi.
Amnistiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlatishga erishgan Shotlandiya jodugarlari jamiyati faqat shu bilangina qanoatlanmoqchi emas. Ularning talabiga ko‘ra, rasmiylar ham rasman tarixdagi bu xató uchun uzr so‘rashi shart. Bundan tashqari, ular tomonidan o‘ldirilgan jodugarlarga haykal o‘rnatish talabi ham ilgari surilmoqda.
Avvalroq Kongo aholisi “jodugarlik”da ayblangan sakkiz ayolni yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


