Shotlandiyada aholi yashamaydigan Barlokko oroli sotuvga qo‘yildi.
Taxminan 100 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan yer uchun 186 ming dollar narx qo‘yilgan.
Orolda turar-joy binolari va infratuzilma mavjud emas. Faqat toshli plyaj va yomg‘ir suvi bo‘lgan hovuz bor. Barlokkoga borish oson emas. Buning uchun Geythaus shahriga kelish va keyin qayiqda 10 kilometr masofani bosib o‘tish kerak.
Orolning bo‘lajak egasi u yerda hech qanday bino qura olmaydi. Buning sababi — Barlokko alohida ilmiy qiziqish obyekti hududida joylashgan. U noyob flora va faunaga ega. Uzoq vaqt oldin bu yerga ko‘plab rassomlar go‘zal manzaradan zavqlanish uchun kelishgan.


