1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shri-Lanka iqtisodiyoti butunlay quladi

Bosh vazir vaziyatni o'nglashga qurbi yetmayotganini aytdi.

Shri-Lanka iqtisodiyoti butunlay quladi

 

Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikramasingxe chorshanba Shri-Lankaning iqtisodiyoti "butunlay qulab tushdi" va mamlakat import qilinadigan neftni sotib olishga qurbi yo'qligini aytdi.


Biz yoqilg‘i, gaz, elektr energiyasi va oziq-ovqatning oddiy taqchilligidan ham jiddiyroq vaziyatga duch keldik. Iqtisodiyotimiz butunlay tanazzulga yuz tutdi. Bu bugungi kundagi eng jiddiy muammo, - deya Vikramasingxe so‘zlarini keltiradi "Associated Press".
 


Bosh vazirning aytishicha, Shri-Lankaning eng yirik neft va gaz kompaniyasi "Ceylon Petroleum Corporation"ning  qarzi hozirda 700 million dollarni tashkil etadi va shuning uchun dunyodagi hech bir davlat yoki tashkilot uni yoqilg‘i bilan ta'minlash niyatida emas.

 

Vikramasingxening aytishicha, Shri-Lankaning valyuta zaxiralari kamayib ketgani sababli hukumat vaziyatni o'zgartirish uchun o'z vaqtida chora ko'ra olmadi. Shri-Lankada hozirda benzin tugab bormoqda, shuningdek, boshqa yoqilg‘i turlari, import qilinadigan oziq-ovqat va dori-darmonlar yetishmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика