1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shri-Lanka O‘zbekiston mahsulotlari uchun o‘z portlarini taklif qildi

Bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Shri-Lanka O‘zbekiston mahsulotlari uchun o‘z portlarini taklif qildi

Shri-Lanka O‘zbekiston mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarish maqsadida o‘z portlaridan foydalanish imkonini taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Bu taklif Kolombo shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ilgari surildi.

 

Tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport-logistika sohasini rivojlantirish va agrar loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish masalasida kelishib oldi.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonning Shri-Lankadagi elchisi Alisher To‘xtayev hamda Shri-Lanka savdo vaziri Vasanta Samarasinghe ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kengaytirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil yakunida O‘zbekiston va Shri-Lanka o‘rtasidagi savdo hajmi 6 million AQSh dollarini tashkil etgan.

 

Shri-Lanka portlarining strategik joylashuvi O‘zbekiston uchun Hind okeani orqali tashqi savdo yo‘llarini ochib berishi mumkin. Bu tashabbus O‘zbekistonning logistika sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirib, eksport-import xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика