1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shu vaqtgacha paxtamizning rangi oq edi, lekin “qora” bo‘lib yurdi – Prezident

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig’ilishida o’zbek paxtasidan boykot olingani haqida gapirdi.

Shu vaqtgacha paxtamizning rangi oq edi, lekin “qora” bo‘lib yurdi – Prezident

 

Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazgan videoselektor yig‘ilishida o‘zbek paxtasidan boykot olingani haqida gapirib o’tdi.

 

“Necha yillardan beri manfaat qilmadik. Paxtamizning rangi oq edi, lekin “qora” bo‘lib yurdi. Biz buning uchun qancha qiynaldik. Agar siyosiy iroda bo‘lmaganida shu narsalar bo‘larmidi? Lekin bu — kurash. Kecha televizorda ko‘rsatdi, qadriga yetgan xursand bo‘lib odam yig‘ladi. Millatimizning qiymati bu. Yana bir bor aytaman, shu vaqtgacha paxtamizning rangi oq edi, lekin “qora” bo‘lib yurdi. Shunga qaramasdan qancha ishlar qildik?”, — dedi davlat rahbari.

 

Avvalroq, 2022-yil 10-mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qilgani xabar qilingandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика