Joriy yilning 13-yanvar kuni Nurafshon shahar "Obod turmush" mahallasida fuqaro binoning chordoq qismini ta’mirlayotganda ehtiyotsizlik sabab oraliqqa tushib ketadi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 1050 raqamiga murojaat bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro qutqarilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifokorlarga topshirilgan. Ayni damda fuqaroning holati yaxshi.
Avvalroq kanalga tushib ketgan xorazmlik 82 yoshli onaxon Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori tomonidan qutqarilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


