Shveysariya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Jumladan, mamlakatning 200 dan ortiq shaxs va tashkilotlari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Taʼkidlanishicha, moliyaviy sanksiyalar va mamlakatga kirishni taqiqlash endilikda 197 nafar shaxsga, jumladan, “oligarxlar va nufuzli biznesmenlarga” nisbatan qoʻllaniladi. Ularning Shveysariyadagi bank hisoblari muzlatiladi.
Shuningdek, mamlakat hukumati Belarusga qarshi ham sanksiyalarni kuchaytirgan. Ko‘rilgan choralar, xususan, tovarlar va moliyaviy xizmatlarga tegishli.
Qayd etilishicha, endilikda barcha ikki maqsadli tovarlarni (fuqarolik yoki harbiy) Belarusga eksport qilish, ularning yakuniy ishlatilishi yoki yakuniy iste’molidan qat’i nazar, taqiqlangan.


