Shvetsiya va Finlyandiya 2022-yil yozidayoq NATOga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, rasmiy Xelsinki iyun oyida alyansga qo‘shilish uchun ariza beradi. Undan so‘ng Shvetsiya ham shunday yo‘l tutishi taxmin qilinmoqda.
Gazeta manbalariga ko‘ra, ikki davlat NATOga qo‘shilishda o‘z aholisi orasida konsensusga erishish maqsadida birgalikda ish olib boryapti. Ammo shu bilan birga alyansga aʼzolik bo‘yicha yakuniy qarorni mamlakatlar mustaqil qabul qiladi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiyaning alyansga tezkor aʼzo bo‘lishi mumkinligi haqida gapirgandi.


