1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shvetsiyada noqonuniy qolib ketgan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ular Shvetsiyaga belgilangan kirish tartibini buzgan holda borgan va keyinchalik mamlakat hududida migratsiya qonunchiligiga zid ravishda yashab kelgan.

Shvetsiyada noqonuniy qolib ketgan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

 

Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgan 21 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 11-fevralga o‘tar kechasi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan charter reysda ushbu fuqarolar olib kelingan. Ular Shvetsiyaga belgilangan kirish tartibini buzgan holda borgan va keyinchalik mamlakat hududida migratsiya qonunchiligiga zid ravishda yashab kelgan.

 

Vatandoshlarni Toshkent aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralar vakillari kutib oldi. Qaytib kelgan fuqarolar vatanga qaytishda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun davlat rahbariyati va tegishli tashkilotlarga minnatdorlik bildirgan.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur charter reys O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan. Ushbu chora xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga hurmat bilan yondashish siyosatining amaliy ifodasi ekani qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика