1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shvetsiyada yo'lovchi poyezdi ag'darilib ketdi

Voqea tabiiy ofatlar bilan bog'liq.

Shvetsiyada yo'lovchi poyezdi ag'darilib ketdi

 

Shvetsiya sharqida temir yo‘l qirg‘og‘ining qulashi tufayli yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda “Xabar 24”. 

 

120 ga yaqin yo‘lovchi evakuatsiya qilindi, yana uch kishi jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi. Ushbu liniyada poyezdlar harakati butunlay to‘xtatildi.

 

Ma’lum qilinishicha, kuchli yomg‘ir yo‘llarni yuvib ketgan, natijada poyezdning ikkita oldingi vagonlari ag‘darilgan. Meteorologlarning ta'kidlashicha, kecha kechqurun Skandinaviya osmoni kuchli yomg'ir, shamol va momaqaldiroqni olib kelgan "Gans" bo'roni bilan qoplandi.

 

Shvetsiya va Norvegiya qizil, qo‘shni Daniya esa sariq ogohlantirish darajasini e’lon qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика