1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi

Sanksiyalar 200 dan ortiq jismoniy shaxslar va 18 ta tashkilotga ta’sir qiladi.

Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi


Shveysariya hukumati YI tomonidan Rossiya va Belarusga qarshi aprel oyida qabul qilingan sanksiyalar paketiga qo‘shilish qarorini e’lon qildi. 

 

Qayd etilishicha, ushbu qaror Yevropa Ittifoqining Rossiya kemalari uchun portlarni yopish, shuningdek, yuklarni quruqlik orqali tashish bo‘yicha choralariga taalluqli emas, chunki Rossiyadan yuk mashinalari va kemalari amalda Shveysariya hududiga kira olmaydi.

 

O‘tgan hafta YeI Rossiya va Belarusga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini e’lon qildi. 200 dan ortiq jismoniy shaxslar va 18 ta tashkilot yangi Yevropa sanksiyalari ostida qoldi.

 

Tashkilot shuningdek, Rossiya Federasiyasidan yog‘och, syement, o‘g‘itlar, dengiz mahsulotlari, alkogolli ichimliklar, ikra importini taqiqlash va yarim o‘tkazgichlar, yuqori texnologiyali elektronika, dasturiy ta’minot eksportiga cheklovlar qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика