Shveysariyada parvoz vaqtida havo shari yonib ketdi va qulab tushdi. Hodisa oqibatida 7 kishi jiddiy jarohat olgan.
Hodisa Xyunenberg munitsipalitetida sodir bo‘ldi. Unda to‘rt ayol va uch erkak bor edi.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilar tezda halokat joyiga yetib borgan va yong‘inni o‘chirishgan. Jabrlanganlar qutqaruv xizmatlari, shuningdek, yo‘lovchilar tomonidan shifoxonaga yetkazilgan.
Hodisa sabablari hozircha nomaʼlum. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


