1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Si Szinpin Kiyevga ham boradimi?

So‘z Xitoy TIVga.

Si Szinpin Kiyevga ham boradimi?

 

Xitoy Ukraina nizosidagi barcha ishtirokchi tomonlar bilan muloqot qilmoqda. Ammo Si Szinpinning Kiyevga tashrifi bo‘yicha mamlakat tashqi ishlar vazirligida hech qanday maʼlumot yo‘q. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Mao Nin maʼlum qildi.

 

Vladimir Zelenskiy Associated Press agentligiga bergan intervyusida XXR Raisini Ukrainaga taklif qilganini aytgandi.

 

24m mart kuni Mao Nin Pekin Si Szinpin bilan Zelenskiy o‘rtasida telefon muloqoti bo‘yicha hech qanday maʼlumot taqdim eta olmasligini qayd etgandi. Xitoy rahbarining Rossiyaga tashrifi fonida ayrim G‘arb nashrlari janob Si Ukraina yetakchisiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandi.

 

O‘z navbatida Zelenskiy ofisi aʼzosi Mixail Podolyak ikki davlat rahbarlari muloqoti rejalashtirilayotganini, ammo ushbu masala yuzasidan ayrim qiyinchiliklar borligini taʼkidlagan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика