Xitoy adolatli global boshqaruv uchun Rossiya bilan yaqinlashishga tayyor. Bu haqda XXR Raisi Si Szinpin RF xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Xitoy ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrini rivojlantirish va yana-da adolatli hamda oqilona yo‘nalishdagi global boshqaruvni yaratish uchun Rossiya bilan yaqinlashishga tayyor”, – deb Si Szinpinning so‘zlarini keltirgan Xitoy markaziy televideniyesi.
Medvedev Xitoy rahbari bilan 21 dekabrda uchrashdi. Uchrashuv haqida oldindan xabar qilinmagan. Siyosatchi Vladimir Putinning murojaatini yetkazgan.
Medvedev uchrashuvda Xitoy-Rossiya siyosiy muloqoti va amaliy kooperatsiyasining o‘ta yuqori darajasi qayd etilganini aytgan.


