1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Si Szinpin Tramp va Putin bilan ketma-ket telefon orqali muloqot qildi

Pekin hozircha Si va Tramp o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Si Szinpin Tramp va Putin bilan ketma-ket telefon orqali muloqot qildi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp bilan ketma-ket telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Xitoy davlat OAVlari.

 

Xinhua agentligiga ko‘ra, Si Szinpin Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan videomuloqot tugagach, bir necha soat o‘tib AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashgan. Pekin hozircha Si va Tramp o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini oshkor qilmagan. Bu 2026-yilda Si Szinpinnig Putin va Tramp bilan ilk telefon muloqotlari bo‘ldi.

 

Mazkur suhbatlar AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan, shuningdek, Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar faollashgan bir paytda o‘tkazildi. Xuddi shu kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Kiyev, Moskva va Vashington ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning ikkinchi bosqichi boshlandi.

 

Putin bilan videomuloqot chog‘ida Si Szinpin Xitoy va Rossiyaning yirik davlatlar hamda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari sifatidagi mas’uliyatiga e’tibor qaratdi. U ikki davlat adolat va tenglikni qat’iy himoya qilish, Ikkinchi jahon urushi natijalarini saqlab qolish, BMT markazidagi xalqaro tizim va xalqaro huquq me’yorlarini qo‘llab-quvvatlash hamda global strategik barqarorlikni birgalikda ta’minlashi zarurligini ta’kidladi.

 

So‘nggi yillarda Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada mustahkamlandi, o‘tgan yili o‘zaro savdo hajmi qariyb 200 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar ham o‘tgan yil oxirida Janubiy Koreyada Si Szinpin va Donald Tramp uchrashuvidan so‘ng nisbatan barqarorlashgani qayd etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика