Modernizatsiya Xitoy xalqining buyuk va to‘xtovsiz vazifasi hisoblanadi. Bu haqda Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyidagi chiqishida maʼlum qildi.
“Xitoyliklarga xos bo‘lgan modernizatsiya — partiya va Xitoy xalqi tomonidan amalga oshirilgan uzoq muddatli amaliy ishlar va tadqiqotlar natijasidir. Bu buyuk va murakkab jarayon”, – degan XXR Raisi.
Shu bilan birga u Pekin sotsializm yo‘lidan og‘ishmay borishi zarurligini qayd etgan. Bu xalq manfaatlariga to‘liq javob berishi taʼkidlangan.
Hafta davomida bo‘lib o‘tgan Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyi yakuniga ko‘ra, Si Szinpin partiyaning Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev XXR Raisiga tabrik telegrammasini yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


