1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Si Szinping yil oxirigacha AQSHga tashrif buyuradi — Donald Tramp

Trampning aytishicha, mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan.

Si Szinping yil oxirigacha AQSHga tashrif buyuradi — Donald Tramp

Xitoy Raisi Si Szinping joriy yil oxirigacha AQSHga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Trampning aytishicha, mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. AQSH va Xitoy savdo masalalari sabab yuzaga kelgan keskinlikni kamaytirish va hamkorlikni tiklashga intilmoqda.

 

Shuningdek, Trampning bildirishicha, u 2026-yil aprel oyida Xitoyga tashrif buyurishi kutilmoqda. Ushbu safardan so‘ng Si Jinping ham javob tashrifi bilan AQSHga borishi rejalashtirilgan.

 

AQSH prezidenti 5-fevral kuni Xitoy rahbari bilan videokonferensiya orqali muloqot o‘tkazganini ham tasdiqladi. Uchrashuv davomida savdo aloqalari, Tayvan masalasi, Rossiya–Ukraina urushi hamda Eron atrofidagi vaziyat muhokama qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика