1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

"Sifat necha kun dars o‘tishga emas, qanday dars o‘tishga bog‘liq" — deputat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati kutilmaganda boshlangan darslar haqida gapirdi.

"Sifat necha kun dars o‘tishga emas, qanday dars o‘tishga bog‘liq" — deputat

 

Deputat Shahnoza Xolmahamatova, avvalo, taʼlim tashkilotlarida taʼtilni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilunguncha yetti o‘lchab bir kesish kerakligi, qaror qabul qilinib, eʼlon qilindimi, shu fikrda qolishlikni aytmoqda.

 

"Kimdir o‘qish boshlansin deydimi, kimdir boshlanmasin deydimi, eʼtirozlarga asosli javoblar, munosabatlar berish kerak edi.

Endi nima bo‘ldi…?

dars boshlanadi…,

bosqichma bosqich boshlanadi…, 11-12-16-17-18 yanvardan boshlanadi…

Rosti bunaqa chalkashlik na ota-ona uchun, na o‘quvchi va na o‘qituvchi uchun yaxshi bo‘lmadi.

Sovuq harorat vaqtida taʼlim jarayonini tashkil qilishda bizda muammo bor, turli hududlarda turlicha… transport qatnovida, binoni isitishda, bu sovuq havoda piyoda qatnovda, talabalar uchun yotoq joylarini isitishda…

Yurtimizda kamdan kam bunday sovuq harorat kuzatiladi, shuning uchun bolalarimiz hatto biz kattalar uchun ham bunday sovuq harorat anchagina noqulaylik keltiradi, sog‘lig‘imiz uchun ham…

Demak taʼtil uzaytirilishiga asoslar bor edi. 5 kunlik darslarni bahorgi, yozgi taʼtilni qisqartirish orqali ham o‘qib, ulgurib olishardi.

Sifat necha kun dars o‘tishga emas, qanday dars o‘tishga bog‘liq nazarimda…" , — degan u.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика