1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sinan Og‘anning saylovchilari qaysi nomzodga ovoz beradi?

Turkiyada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi 28-may kuniga belgilangan.

Sinan Og‘anning saylovchilari qaysi nomzodga ovoz beradi?

 

Bugun, 22 may kuni Ata alyansidan (“Otaturk ittifoqi”) Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Og‘an 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Rajab Toyyib Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini eʼlon qiladi va respublikaning amaldagi rahbari yangi muddatga saylanadi. Bu haqda “Hurriyat” gazetasi maxfiy manbalarga tayanib xabar berdi. 

 

Avvalroq, Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida 49,24 foiz, uning yetti muxolifat partiyasidan nomzod bo‘lgan asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘lu 45,07 foiz ovoz olgani haqida Oliy saylov komissiyasi xabar qilgan edi. Saylovchilarning xorijiy vakolatxonalar va chegara nazorat punktlarida bergan ovozlari hisobga olinsa, amaldagi prezidentni saylovchilarning 49,52 foizi, Kilichdoro‘g‘luni esa 44,88 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi 28 may kuniga belgilangan.

 

G‘alaba qozonish uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘proq ovozga ega bo‘lishi kerak. Og‘an saylovlarning 1-turida besh foizdan ko‘proq ovoz olgan, biroq ekspertlarning fikricha, prezidentlikka asosiy ikki nomzod atrofidagi vaziyat tufayli Og‘anning saylovchilari beradigan ovozlar ahamiyati ortgan.

 

Qayd etilishicha, Sinan Og‘an bugun saylovning ikkinchi bosqichida Prezident Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini eʼlon qiladi. Nashrning yozishicha, Og‘an “nafaqat bayonot beradi, balki amaldagi prezident bilan muhokama qilgan masalalarini ham eʼlon qiladi”.

 

Avvalroq, Og‘an ikkinchi turda u yoki bu nomzodni qo‘llab-quvvatlash qaroriga bog‘liq bo‘lgan bir qator shartlarini eʼlon qilgan edi, ular orasida kurdparast muxolifatdagi Xalq demokratik partiyasi (XDP) deputatlarini parlamentga kiritmaslik haqidagi talab ham bor. Og‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu partiya Turkiyada taqiqlangan va terrorchi, deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasining siyosiy qanoti hisoblanadi. Hozirgi prezidentlik saylovlarida XDP o‘z nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortdi va Kilichdoro‘g‘luni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика