Sud qaroriga asosan qarzdor S.Madumarovdan voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdor sud qarori bilan tanishgan bo‘lsada, aliment pulini to‘lamasdan, davlat ijrochisidan yashirinib yurganligi sababli, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan topilib, davlat ijrochisiga topshirilgan.
Javobgarning aliment qarzi hisoblab chiqilganda, 29 mln 040 ming so‘mni tashkil etgan. Mazkur qarzdorlikni bartaraf etmagan qarzdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, sud qarori bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinlandi.


