1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda avtobus yonib ketdi

FVB hodisa oqibatlarini maʼlum qildi.

Sirdaryoda avtobus yonib ketdi

 

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida avtobus yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Hodisa Mirzaobod tumani hududidagi Guliston–Gagarin yo‘nalishida yuz bergan. Mazkur yo‘lda harakatlanib ketayotgan ISUZU rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda avtobusning dvigatel va salon qismi yongan. Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:52 da yetib borib, yong‘in soat 18:02 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Hodisa sababli insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.

 

Yong‘inning kelib chiqishiga avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan deya taxmin qilinmoqda. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика