1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda cho‘kayotgan ona va bolani qutqargan 21 yoshli yigit FVVga ishga olinadi

Viloyat hokimining shaxsan o`zi yigitga ish tavsiya qilgan

Sirdaryoda cho‘kayotgan ona va bolani qutqargan 21 yoshli yigit FVVga ishga olinadi

 

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 21 yoshli yigit cho‘kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qolgan edi. Qayd qilinishicha, Saidislombek Abdulqosimzoda shahar markazidan oqib o‘tuvchi "Janubiy Mirzacho‘l" kanalida ona va bolani cho‘kayotganini ko‘rib qolib, ularni qutqarishga oshiqqan va buning uddasidan chiqqan. 

 

Mazkur voqeadan keyin viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Saidislombek Abdulqosimzoda tomonidan qutqarib qolingan ona va bolaning xonadonida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi.

 

Hokim yigitga ko‘rsatgan jasorati uchun minnatdorlik bildirgan va uni sovg‘a bilan taqdirlagan. Shuningdek, u viloyat hokimi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ishlashga tavsiya qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика